Mijozlaringiz o'zi navbat oladi — siz boshqarasiz
Mijozlar Telegram yoki ilovadan qo'ng'iroqsiz band qiladi — siz bitta kabinetdan boshqarasiz.
Bu holat tanishmi?
Navbatim shu tartibsizlikni o'zi tartibga soladi — mijoz onlayn band qiladi, eslatma avtomatik ketadi.
Hamma narsa bir joyda
Mobil ilovadan boshlab hisobotgacha — bitta panelda
Mijoz tez navbat oladi
Telegram bot va iOS/Android ilova orqali — qo'ng'iroq, kutish yo'q. Telefondan bir necha bosish, vaqt tanlaydi, bo'ldi.
Jonli hisobot
Daromad, mijoz oqimi, qaysi xodim ko'p ishlaydi — hammasi bir qarashda ko'rinadi.
Avtomatik eslatma
Mijoz unutmaydi — 1 soat oldin SMS yoki Telegram'da xabar keladi.
Ko'p filial
Barcha filiallar bitta hisobdan boshqariladi, narx ham bir xil.
Xodim boshqaruvi
Smena, dam olish kuni, ish natijasi — hammasi avtomatik hisoblanadi.
Xavfsiz va shifrlangan
TLS, OTP, audit log. Ma'lumot bizniki emas — sizniki.
Kabinetingiz shunday ko'rinadi
Filiallar, xodimlar, navbatlar va daromad — hammasi bitta ekranda. Yangi navbat tushganda darhol ko'rinadi.
Bugungi navbatlar
13 May, Seshanba
Madina Karimova
Kardiolog konsultatsiyasi
Sherzod K.
Diyor Rashidov
Terapevt qabuli
Madina Y.
Bobur Sobirov
Qon tahlili
Otabek S.
Nigora Yusupova
UZI tekshiruvi
Sherzod K.
Jasur Aliyev
Stomatolog qabuli
Madina Y.
Kamola Tosheva
Massaj seansi
Otabek S.
1240
Faol mijozlar
4
Filiallar
86
Bugungi navbatlar
2.1M
Bu oy daromad
54
Bajarildi
12
Tasdiq kutmoqda
8
Kelmaganlar
Daromad dinamikasi
1 800 000 so'm
Eng so'ralgan xizmatlar
📅 Oxirgi 30 kun
▸ Hammasini ko'rish
Tanish muammolarmi?
Bir kuningiz shunday bo'ladimi? O'ngdagi kartochkalarga sichqoncha olib boring — daftarda mos voqealar yonadi.
Telefon: "Bugun navbatga keladigan..." Uch daqiqa izoh berdim.
Yana zang. Bu safar manzilni so'rashdi.
10:00 ga yozilgan kelmadi. Eslatishga vaqt bo'lmadi.
Excel buzildi — ustun siljib ketibdi. Yarim kun behuda.
Soat o'n bir yarimda 4 ta telefon birdaniga. Bittasini yetkazolmadim.
13:00 ga 2 ta yozilibdi — daftarda chalkash.
Reseption: "Tushlikka chiqolmadim, telefon to'xtamadi."
Kun tamom. Hisobot? Ertaga qilaman.
Bir nechta mijoz yo'qoldi, soatlab telefon — kechki hisobot hali oldinda.
Kartochkalarga sichqoncha olib boring — daftarda mos voqealar yonadi
Mijozlar uzoq kutadi
Telefon orqali navbat olsa, "soat uch atrofida keling" deyiladi. Mijoz keladi, 40 daqiqa kutadi. Bir marta. Yana qaytmaydi.
5 mijozdan 1 tasi kelmaydi
Mijoz unutadi — eslatma yuboradigan birov yo'q. Slot bo'sh qoladi, kun bo'yi o'sha vaqt daromad keltirmaydi.
Excel chalkashtiradi
Bir joyda Telegram, ikkinchisida Excel, uchinchisida daftar. Oy oxiri kelganda kalkulyator bilan kechgacha hisoblaysiz.
Xodimlar charchaydi
Telefon to'xtamaydi. Reseption har 5 daqiqada qo'ng'iroqqa javob beradi, boshqa ishlarga vaqt qolmaydi.
Kabinetda nimalar bor?
Har modul jonli ko'rinishda. Bossangiz darhol o'zgaradi, kutsangiz o'zi keyingisiga o'tadi.
Haftalik kalendar
15 — 21 iyun
Har xizmat o'z davomiyligi bilan: barbershop 20 daqiqa, massaj 60 daqiqa. Tushlik vaqti va dam olish kunlari ham sozlanadi.
Siz oladigan natija
Birinchi 1-2 oyda ko'rinadigan o'zgarishlar.
Kelmaganlar kamayadi
Eslatmalar tufayli mijoz unutmaydi
Vaqt tejaladi
Qo'ng'iroqlarga javob berishga vaqt ketmaydi
Navbat doim ochiq
Mijoz tunda yoki bayramda ham navbat ola oladi
Daromad o'sadi
Bo'sh slotlar to'ladi, mijoz oqimi tekislanadi
Sohada kuzatiluvchi namunaviy natijalar — biznesingizga qarab farqlanishi mumkin.
Qanday boshlash mumkin?
Uch qadam. Ertaga ishga tushirasiz.
- Birinchi qadam
Biz bilan bog'laning
Quyidagi formani to'ldiring yoki to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qiling. Maslahatchi siz bilan bog'lanadi.
1 - Ikkinchi qadam
Login va parolni olasiz
Login va parolni Telegram'ga yuboramiz. Hujjat to'ldirib o'tirmaysiz.
2 - Uchinchi qadam
Shaxsiy manzil orqali kabinetga kiring
Tashkilotingiz uchun alohida manzil: nomi.navbatim.com. Filial, xizmat va xodimlarni o'zingiz qo'shasiz — yoki biz yordam beramiz.
3
Sizning sohangiz uchun ham
Sohangizga qarab Navbatim qanday yordam berishini quyida ko'ring.
Tibbiy klinikalar
Bemor mobil ilovadan navbat oladi, vrach esa kuni boshlanmasdan barcha qabullarni Telegram'da ko'radi. Reseption xodimi telefon javob berishga band emas.
▶ Avto-aylanish. Sichqonchani olib boring — to'xtaydi.
Mijozlar uchun mobil ilova
Mijoz xizmatni tanlaydi, bo'sh vaqtni ko'radi va bir bosishda navbat oladi. Avtomatik eslatma kelishni unutishga qo'ymaydi.
Telegram bot ham bor
Tariflar
15 kun bepul. Keyin har bir xodim va filial uchun alohida to'lov — keraksiz xodimlar uchun pul ketmaydi.
Standart
Kichik biznes uchun
- Cheksiz xizmatlar va navbatlar
- Statistika va hisobotlar
- Excel eksport
- Mijozlar bazasi
- QR check-in
- Referal dasturi
Funksiyalar
- SLA analitika+70 000 so'm
- Barcha filiallar hisoboti+70 000 so'm
- Aqlli analitika+120 000 so'm
- Tezkor qo'llab-quvvatlash+70 000 so'm
Biznes
O'rta biznes uchun
- Cheksiz xizmatlar va navbatlar
- Statistika va hisobotlar
- Excel eksport
- Mijozlar bazasi
- QR check-in
- Referal dasturi
- SLA analitika (kutish vaqti nazorati)
- Barcha filiallar bo'yicha umumiy hisobot
Funksiyalar
- SLA analitika KIRADI
- Barcha filiallar hisoboti KIRADI
- Aqlli analitika+120 000 so'm
- Tezkor qo'llab-quvvatlash+70 000 so'm
Premium
Yirik tashkilotlar uchun
- Cheksiz xizmatlar va navbatlar
- Statistika va hisobotlar
- Excel eksport
- Mijozlar bazasi
- QR check-in
- Referal dasturi
- SLA analitika (kutish vaqti nazorati)
- Aqlli analitika (AI tavsiyalar)
- Barcha filiallar bo'yicha umumiy hisobot
- Prioritet qo'llab-quvvatlash
Funksiyalar
- SLA analitika KIRADI
- Barcha filiallar hisoboti KIRADI
- Aqlli analitika KIRADI
- Tezkor qo'llab-quvvatlash KIRADI
Tarif kalkulyatori
Tarifni tanlang, xodim va filial sonini ayting. Oylik to'lov darhol ko'rinadi.
Xodim soni
+1 = 80 000 so'm/oy
Filial soni
+1 = 100 000 so'm/oy
Qo'shimcha funksiyalar
Standart tarifida yo'q — kerakli funksiyalarni qo'shing
Jami oylik to'lov
180 000 so'm / oy
1 xodim · 1 filial · 15 kun bepul boshlanadi
Ko'p so'raladigan savollar
Telegram'dagidek — savolni tanlang, javob keladi.
Boshqalar ham shu savollarni so'rashgan
Birortasiga bosing — telefonda javobni ko'ring
Mijoz olib keling — har biridan komissiya oling
Mijozingiz to'lagan obuna pulidan 15% dan 30% gacha — siznikiga qaytadi. Mijoz Navbatim'da turguncha — siz ham olib turasiz.
Ma'lumot qoldiring — biz qo'ng'iroq qilamiz
Bir ish kuni ichida sizga qo'ng'iroq qilamiz va Navbatim'ni siz uchun sozlab beramiz.
Ismingiz va telefoningizni qoldiring
Ertaga bog'lanamiz va hisobingizni biz o'zimiz tayyorlab qo'yamiz.
Bugun boshlang
Bugun ro'yxatdan o'ting. Mijozlaringiz ertaga telefonidan navbat oladi.
Bizni kuzatib boring
Yangiliklar, maslahatlar va navbat olish — bir joyda