Arizaga qaytish

Partner Program ommaviy ofertasi

Versiya 1.0 • Kuchga kirish sanasi: 2026-06-01

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu ommaviy oferta (keyingi o'rinlarda — Oferta) "Navbatim" platformasi (keyingi o'rinlarda — Navbatim) va Partner Program ishtirokchisi (keyingi o'rinlarda — Partner) o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

1.2. Partner Navbatim'ga ariza topshirib, ushbu Oferta shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qiladi.

1.3. Navbatim arizani 1-2 ish kuni ichida ko'rib chiqadi va tasdiqlash yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi. Rad etish sababini ko'rsatish majburiy emas.

2. Partner faoliyati

2.1. Partner Navbatim platformasini mijozlarga tavsiya qiladi va o'zining shaxsiy referral linkidan (/p/{kod}) foydalanadi.

2.2. Partner Navbatim haqida noto'g'ri ma'lumot tarqatishi, boshqa partner mijozlarini o'ziniki sifatida ko'rsatishi, spam yuborishi yoki noqonuniy reklama qilishi taqiqlanadi.

2.3. Partner faqat ochiq ma'lumotlarni (Navbatim narxlari, tariflar, imkoniyatlari) ishlatadi.

3. Komissiya va to'lovlar

3.1. Partner mijozining har bir muvaffaqiyatli oylik to'lovidan komissiya oladi. Komissiya foizi Partner darajasiga (tier) bog'liq:

  • Base (1-5 faol mijoz) — 15%
  • Advanced (6-20 faol mijoz) — 20%
  • Master (21-49 faol mijoz) — 25%
  • Premier (50+ faol mijoz) — 30%

3.2. Komissiya summasi mijozning oylik to'lovi (xodim soni × narx + filial soni × narx + addonlar) asosida hisoblanadi.

3.3. Tier real-vaqtda yangilanadi: faol mijoz qo'shilsa daraja ko'tarilishi, kamaysa pasayishi mumkin. Yangi tier keyingi to'lovlarda qo'llaniladi.

3.4. Mijoz to'lovni qaytarib olsa (refund/chargeback), tegishli komissiya bekor qilinadi yoki Partner balansidan ushlab qolinadi.

4. Mablag'ni yechib olish

4.1. Partner balansda kamida 500 000 so'm bo'lganda yechib olish so'rovini yuborishi mumkin.

4.2. Yechib olish karta orqali amalga oshiriladi. So'rov 3-5 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi va to'lanadi.

4.3. Har bir yechib olish OTP kod orqali tasdiqlanadi (Partner telefoniga yuboriladi).

4.4. Soliq majburiyatlari Partnerning shaxsiy mas'uliyatida. Navbatim har yechib olish uchun rasmiy akt PDF taqdim etadi.

5. Mas'uliyat va shartnomani bekor qilish

5.1. Oferta shartlari buzilgan taqdirda Navbatim Partnerning hisobini bloklash, kelajakdagi komissiyalarni to'xtatish va firibgarlik holatlarida pulni qaytarish huquqiga ega.

5.2. Partner istalgan vaqtda hisobini yopishi mumkin. Joriy balans oxirgi yechib olish so'roviga muvofiq to'lanadi.

5.3. Navbatim Oferta shartlarini bir tomonlama o'zgartirishi mumkin. Yangi versiya saytda e'lon qilingach 7 kun ichida kuchga kiradi. Roziy bo'lmagan Partner hisobini yopishi mumkin.

6. Maxfiylik

6.1. Partner shaxsiy ma'lumotlari Maxfiylik siyosati asosida qayta ishlanadi.

6.2. Mijozlar haqidagi ma'lumot (org nomi, summa) Partner kabinetida ko'rsatiladi, lekin mijozning shaxsiy aloqa ma'lumotlari maxfiyligini saqlash Navbatim ustuvor majburiyatidir.

7. Aloqa

Savollar uchun: partners@navbatim.com

Hujjat versiyasi: 1.0 • Sana: 2026-06-01